Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.01.2023 yilda “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–14-son farmon qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 25.01.2023 yilda “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–14-son farmon qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
-boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (56 573 nafar);
-Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yagona ro‘yxati (jami 69 ta, shundan vazirliklar – 21 ta, qo‘mitalar – 12 ta, agentliklar – 25 ta, inspeksiyalar – 11 ta).
- Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilib, ularning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
Shuningdek, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo‘linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar tasdiqlandi.
Jumladan, rahbar xodimlar va ijrochilar nisbati markaziy apparat bo‘yicha kamida 1/3 nisbatda bo‘lishi lozim.
- Vazirlarning faoliyatini strategik vazifalarni hal etishga yo‘naltirish maqsadida ular faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahlil, nazorat va protokol jihatdan ta’minlaydigan Vazir kotibiyati tashkil qilinishi mumkin.
Markaziy apparatlarda quyidagi tarkibiy bo‘linmalar (lavozimlar) tashkil etilishi majburiy hisoblanadi:
-strategik rejalashtirish va metodologiya;
-jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari);
-inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish;
-axborot tahlil va ijro intizomi;
-murojaatlar;
-axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
va raqamlashtirish;
-yuridik ta’minlash;
-korrupsiyaga qarshi kurashish;
-moliya-iqtisod;
-xalqaro hamkorlik va reytinglar;
-birinchi bo‘lim.
Farmonga ko‘ra shuningdek, vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident hujjati loyihasi ishlab chiqiladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i Gulboy Roxmonqulov