Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23.01.2023 yilda “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–15-son qarori qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23.01.2023 yilda “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–15-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur qarorga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi.

- Palata, jumladan, a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin.

- 2023 yil 1 fevraldan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi.

- Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, da’volar hamda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha davlat boji to‘lovlaridan ozod etiladi.

-Qarorga ko‘ra, Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida kamida 20 nafar ilg‘or tadbirkorlardan iborat Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                        Mirbunyod Mirxomidov