Янгиликлар
Qonunchilikka ko‘ra, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

Davlat bayrog‘i, gerbi yoxud madhiyasi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish:
- fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (900 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 7 baravarigacha (900 ming so‘mdan 2,1 mln so‘mgacha) miqdorda;
Takroran sodir etiladigan bo‘lsa:
- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, Davlat bayrog‘i, gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik qilish:
-BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i Gulboy Roxmonqulov