Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Tekshirishlarni ro‘yxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi.


Tekshirishlarni ro‘yxatga olishni elektron yuritish qonun bilan belgilandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–815-son, 20.01.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil vazifalariga quyidagilar qo‘shildi:

-Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;

-majburiy talablar elektron reestrini yuritish.

- “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari quyidagilarni qo‘shimcha ravishda amalga oshiradi:

- malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;

-malaka imtihonini o‘tkazadi;

-auditorning malaka sertifikatini beradi.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                       Mirbunyod Mirxomidov