Янгиликлар
Qonunchilikka ko‘ra
Qonunchilikka ko‘ra, 2025 yil 1 yanvarga qadar baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig‘ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan sub’ektlar uchun quyidagi soliqlar 50 foizga kamaytirilishi belgilangan:
- foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari);
- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
- yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Shuningdek, baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida belgilangan.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i Gulboy Roxmonqulov