Янгиликлар
08
Qonunchilikka ko‘ra
Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.
-Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan to‘rt va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.
- Mazkur imtiyoz Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi Mirbunyod Mirxomidov