Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.01.2023 yilda "Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–12-son farmoni qabul qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.01.2023 yilda "Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–12-son farmoni qabul qilindi.

 

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023 yil 1 sentabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024 yildan amaliyotga to‘liq joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar joriy etiladi:

- ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko‘rish vakolati ma’muriy organlarga o‘tkaziladi;

-ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi.

- Ayrim yo‘nalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko‘paytiriladi.

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o‘tiradi.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                 Gulboy Roxmonqulov