Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:


Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14 foizlik kreditlar beriladi:

 

-oilaviy tadbirkorlik uchun – 3-6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

-chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

-bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.

-Ayollarga 5 mln so‘mgacha kreditlar naqd berilishi mumkin.

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi xotin-qizlar kiritiladi:

-ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;

-tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;

-boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;

-ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;

-uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;

-qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                        Mirbunyod Mirxomidov