Янгиликлар
Barcha xavfli tabiat hodisalari vaqtida aholini himoya qilish uchun mas’ul organlar belgilangan.
Barcha xavfli tabiat hodisalari vaqtida aholini himoya qilish uchun mas’ul organlar belgilangan.
- Hududlarda aholini qor ko‘chishidan himoya qilish va xavfni kamaytirish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuziladi.
- Davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xavfni bartaraf qilish uchun zarur choralarni ko‘radi. Xususan:
O‘zgidromet:
-Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda qor ko‘chkisi, ko‘chki xavfi bor hududlardagi aholi punktlar, ob’ektlar, aholisi vaqtincha ko‘chiriladigan yoki xavfli hududlardan doimiy ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar bo‘yicha ma’lumot tayyorlaydi.
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
-qor ko‘chkisi va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda aholini xavfsiz joylarga vaqtincha va zaruratga ko‘ra bosqichma-bosqich doimiy ko‘chiradi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
-qor ko‘chkisi xavfi bor vaqtda qidiruv-qutqaruv tuzilmalar va tezkor guruhlarning kuchaytirilgan ish rejimini ta’minlaydi.
Ichki ishlar vazirligi:
-A-373 yo‘lining Qamchiq dovoni hududida, Taxtaqoracha, Langar va boshqa muhim transport kommunikatsiyalarida aholi va transportlarning xavfsiz harakatini ta’minlaydi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi:
-A-373 yo‘lining Qamchiq dovoni hududida va boshqa muhim transport kommunikatsiyalarida aholi va transportlarning xavfsizligini ta’minlash uchun muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshiradi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ:
-xavfli jarayonlar oqibatida “Qamchiq” dovonida avtotransport harakati cheklanganda, yo‘lda qolgan fuqarolarni “Angren – Pop” yo‘nalishi orqali manziliga yetkazadi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi Mirbunyod Mirxomidov