Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 10.01.2023 yilda “O‘zbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaror qabul qilindi.


Vazirlar Maxkamasi tomonidan 10.01.2023 yilda “O‘zbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaror qabul qilindi.

 

Mazkur qaror bilan taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi.

- Taekvondo (WT) bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish shular jumlasidandir.

- 2023 yil 1 fevralgacha hududlarda ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish uchun foydalanilmayotgan bo‘sh binolar taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga vaqtinchalik foydalanish uchun bepul ajratiladi va ular faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

- Qarorga ko‘ra, Taekvondo akademiyasiga fuqarolar va chet el fuqarolari kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

- Ma’lumot uchun: Prezidentning 2022 yil 29 iyuldagi qaroriga (https://lex.uz/docs/6136761) muvofiq Taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tizimida Taekvondo akademiyasini hamda 2023-2024 yillarda hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish belgilangan.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                      Mirbunyod Mirxomidov