Янгиликлар
Qonunchilikka ko‘ra, tibbiyot muassasalari quyidagi ma’lumotlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart:
Qonunchilikka ko‘ra, tibbiyot muassasalari quyidagi ma’lumotlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart:
-transport vositalari tomonidan yetkazilgan tan jarohati sababli yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslar to‘g‘risida;
- yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli boshqa tibbiyot muassasalariga yuborilgan shaxslar to‘g‘risida;
- yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli hodisa yuz bergan kundan boshlab 30 sutka ichida vafot etgan shaxslar to‘g‘risida;
- yo‘l-transport hodisalarida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan shaxslarni olib kelgan transport vositasi, uning haydovchisi, birga kelgan boshqa shaxslar to‘g‘risida.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi Mirbunyod Mirxomidov