Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 06.01.2023 yilda “Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 3-son qaror qabul qilindi.


Vazirlar Maxkamasi tomonidan 06.01.2023 yilda “Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 3-son qaror qabul qilindi.

 

Mazkur qaror bilan qishki sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi.

- Qishki sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari bo‘yicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish shular jumlasidandir.

- Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi.

- Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan o‘quvchilarning doimiy mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega bo‘lishi lozim.

Ma’lumot uchun: Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi Prezidentning 2022 yil 1 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                        Mirbunyod Mirxomidov