Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Energetik ichimliklar tasviridan foydalanilgan futbolka va bosh kiyimlarni tarqatish mumkin emas


Energetik ichimliklar tasviridan foydalanilgan futbolka va bosh kiyimlarni tarqatish mumkin emas

 

Energetik ichimliklar reklamasida quyidagilar taqiqlanadi:

 

        - soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televidenie va radio orqali reklama qilish;

- tashqi reklama va axborot ob’ektlari (konstruksiyalari) orqali energetik ichimliklarni reklama qilish;

-energetik ichimliklar namunalarini voyaga yetmaganlar o‘rtasida reklama qilish maqsadida bepul tarqatish;

- voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni reklama qilish;

-asosan voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan bo‘lsa;

- voyaga yetmaganlar orasida energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va boshqalarni) tarqatish, shu jumladan sotish;

- asosan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta’lim muassasalarida hamda tashkilotlarida energetik ichimliklarni reklama qilish;

- energetik ichimliklardan foydalanilgan holda rag‘batlantiruvchi aksiyalar o‘tkazish.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                         Mirbunyod Mirxomidov