Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.12.2022 yilda “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–287-son farmon qabul qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.12.2022 yilda “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–287-son farmon qabul qilindi.

 

Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan:

-respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi;

????tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

- 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha soliq solishning quyidagi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi:

-5-toifadagi (quyidagi jadvalda keltirilgan) tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar:

-foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz;

-yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.

-Yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

-Shuningdek, 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YaTTlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi.

2023 yil 1 yanvardan:

- 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga:

-banklarning kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya;

-banklar kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.

Farmon bilan shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

-aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratishning oshirilgan miqdorlari;

-tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharlar toifalaridan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlash choralari.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                          Mirbunyod Mirxomidov