Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.12.2022 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–462-son qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.12.2022 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–462-son qaror qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Prezidentga hisobdor bo‘lgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, jumladan:
- Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
-qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazish yuklatiladi:
-ma’muriy islohotlar o‘tkazish sharoitida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning huquqiy muammolarini o‘rganish;
-konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);
-normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish ta’sirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etish;
-korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini o‘rganish.
- Qarorga ko‘ra, Institut tomonidan o‘tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i Gulboy Roxmonqulov