Янгиликлар
14 та туманда ҳуқуқий эксперимент тариқасида “Маҳалла бюджети” тизими жорий этилади
14 та туманда ҳуқуқий эксперимент тариқасида “Маҳалла бюджети” тизими жорий этилади
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.12.2022 yilda “Mahalla budjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–458-son qarori qabul qilindi.
-Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan va soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.
- Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer solig‘i (noturar joylar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘i bundan mustasno) bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman budjetlari orqali tegishli Jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.
-2023 yil 1 martgacha mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan mablag‘lar va soliq qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanishi imkoniyati yaratiladi.
- “Mahalla budjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablag‘lar “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan boshqariladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi Mirbunyod Mirxomidov