Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23.12.2022 yilda “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–449-son qaror qabul qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 23.12.2022 yilda “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–449-son qaror qabul qilindi.

Qaror bilan gimnastika sport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan:

-bog‘chalarda “Gimnastikaga ilk qadam” dasturi;

-maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi.

-Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va o‘quv-mashq bazasiga ega bo‘lgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.

- Mazkur Gimnastika markazlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanib, o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlaydi.

- Gimnastika markazlari o‘quvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi.

- Gimnastika markazlarining o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.

-Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

- Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida gimnastika bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.

2023 yil 1 yanvardan an’anaviy tarzda gimnastika sport turlari bo‘yicha O‘zbekistonda quyidagi musobaqalar o‘tkaziladi:

-gimnastrada sport turi bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida Prezident kubogi;

-badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Yorqin yulduzcha” va kattalar o‘rtasida “Grand Prix Uzbekistan” xalqaro turniri;

-sport gimnastikasi bo‘yicha “Duxoba yo‘l” xalqaro turniri;

-trampolin bo‘yicha “Samodan baland” xalqaro turniri;

-xalqaro gimnastika kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Gymnastics Day” butun O‘zbekiston ommaviy forumi;

-umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Xalq ta’limi vaziri kubogi”;

-gimnastika sport turlari bo‘yicha Xalqaro gimnastika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari bo‘yicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                                   Mirbunyod Mirxomidov