Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.12.2022 yilda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–447-son qaror qabul qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.12.2022 yilda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–447-son qaror qabul qilindi.

 

- Qarorga ko‘ra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari mas’uliyatini oshirish maqsadida respublika va mahalliy darajadagi bo‘g‘inlarning funksional chegaralari belgilandi.

2023 yil 1 yanvardan:

-respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbari vazifasini bajarishi taqiqlanadi;

-uyushma va boshqa xo‘jalik birlashmalariga davlat hokimiyati vakolatlarini berish va ularning rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan lavozimga tayinlash amaliyoti bekor qilinadi.

-Barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan o‘tkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reestri shakllantirilib, doimiy yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

- Funksiyalar yagona reestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritiladi.

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                           Mirbunyod Mirxomidov