Янгиликлар
SAVOL: Ikki nafar farzandlarimni yolg`iz tarbiya qilyapman. Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni qancha muddat olsam bo‘ladi..
SAVOL: Ikki nafar farzandlarimni yolg`iz tarbiya qilyapman. Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni qancha muddat olsam bo‘ladi..
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta'minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga asosan, bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi va oilaning eng kichik yoki yagona farzandi o‘n sakkiz yoshga to‘lgunigacha to‘lanadi.
Moddiy yordam farzandlari bo‘lmagan yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin bola puli yoki moddiy yorldam oluvchi oila yana qayta ariza berish yo‘li bilan olayotgan moddiy yordam pulini yangi muddatga uzaytirishi mumkin.
Jahongir Zokirov
Yuqori Chirchiq tuman adliya
bo`limi yetakchi maslahatchisi