Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

SAVOL: Maktabda sinf rahbari bo‘lib ishlayman. Rahbarlik uchun qo’shimcha ustama menga to’lanadimi?


SAVOL: Maktabda sinf rahbari bo‘lib ishlayman. Rahbarlik uchun qo’shimcha ustama menga to’lanadimi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.12.2005 yildagi 275-sonli Qarorning 4-bandiga asosan, umumta'lim muassasalari o‘qituvchilariga

sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:

15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz ya'ni 242 880 so‘m;

16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz ya'ni 290 720 so‘m;

21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz ya'ni 339 480 so‘m;

26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz ya'ni 387 320 so‘m;

31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz ya'ni 485 760 so‘m;

b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz ya'ni
80 960 so‘m , 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz ya'ni 161 920 so‘m.

v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz ya'ni 161 920 so‘m miqdorda qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshiriladi.

 

Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i