Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

SAVOL: Bizning oila namozxonlar oilasidan. Men ham besh mahal namoz o‘qib, soqol qo‘yganman. Chet el chiqiqshim uchun xorijga chiqish pasportiga soqol bilan rasmga tushsam bo‘ladimi?


SAVOL: Bizning oila namozxonlar oilasidan. Men ham besh mahal namoz o‘qib, soqol qo‘yganman. Chet el chiqiqshim uchun xorijga chiqish pasportiga soqol bilan rasmga tushsam bo‘ladimi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 26-bandiga muvofiq, “Qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim bilan suratga tushish istagi qat'iy bildirilgan holatlarda ma'lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni rad etish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, ushbu nizom 39-bandida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni rad etishga asos bo‘ladigan bir qancha asoslar keltirilgan bo‘lib, ularda soqol haqida hyech qanday eslatma yo‘q.

 

Oybek Buriyev

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i