Янгиликлар
SAVOL: Mening otam 65 yoshda va u 1 gurux nogironi - umuman yurolmaydi. Doimiy ravishda o`zim parvarish qilib kelaman. Menga otamga karaganlik uchun staj yoki oylik beriladimi?
SAVOL: Mening otam 65 yoshda va u 1 gurux nogironi - umuman yurolmaydi. Doimiy ravishda o`zim parvarish qilib kelaman. Menga otamga karaganlik uchun staj yoki oylik beriladimi?
“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi Qonunning
37-moddasiga ko‘ra ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari keltirilgan bo‘lib, mazkur moddaning "d" bandiga binoan I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga, shuningdek o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra)
80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi belgilangan.
Oybek Buriyev
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo`limi boshlig`i