Янгиликлар
SAVOL: Korxonamizda men ishlab turgan lavozimga qisqarish kelib, men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Men nshsizlik nafaqasini olishim mumkinmi?
SAVOL: Korxonamizda men ishlab turgan lavozimga qisqarish kelib, men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Men nshsizlik nafaqasini olishim mumkinmi?
Mehnat kodeksining 65-moddasiga ko‘ra, ishsizlik nafaqasi mahalliy mehnat organlarida ishsiz deb etirof etilgan va ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinganlarga to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lanadi.
Ishdan va ish haqidan so‘ngi 12 oy ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM – 920 ming so‘m)dan oz bo‘lmagan miqdorda;
Ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari (920 000 so‘m) miqdorida;
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKM (920 000)ning kamida 75 foizi miqdorida to‘lanadi.
Jahongir Zokirov
Yuqori Chirchiq tuman adliya
bo`limi yetakchi maslahatchisi