Янгиликлар
SAVOL: Sobiq erim bilan nikohomiz sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi. Hozirda menga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma kerak boʼlayapti. FHDY idorasiga takroriy guvohnoma olish uchun murojaat qilsam ular rad qilishyapti. Shu qonunga qanchalik to‘g‘
SAVOL: Sobiq erim bilan nikohomiz sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi. Hozirda menga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma kerak boʼlayapti. FHDY idorasiga takroriy guvohnoma olish uchun murojaat qilsam ular rad qilishyapti. Shu qonunga qanchalik to‘g‘ri?
Nikoh tuzishning belgilangan qoidalari buzilganda, shuningdek gʼarazli maqsadni koʼzlab tuzilgan nikoh sud qarori bilan haqiqiy emas deb topiladi. Sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi toʼgʼrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida FHDY organi nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga bu haqda belgi qoʼyadi va idoraviy FHDY arxiviga xabarnoma yuboradi. Sobiq er yoki xotinning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga sud tomonidan xuddi shunday belgilar qoʼyiladi. Nikoh sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan hollarda nikoh tuzilganligi haqida takroriy guvohnoma berilmaydi.
Jahongir Zokirov
Yuqori Chirchiq tuman adliya
bo`limi yetakchi maslahatchisi