Янгиликлар
Ishxonam ish faoliyatini tugatib, barcha xodimlar ishsiz qoldi. Qanday qilib ishsiz deb e’tirof etilishim mumkin?
Ishxonam ish faoliyatini tugatib, barcha xodimlar ishsiz qoldi. Qanday qilib ishsiz deb e’tirof etilishim mumkin?
Mehnat kodeksining 60-moddasiga muvofiq, ishsiz deb o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) e’tirof etiladilar
Mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.
Oybek Buriyev
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo`limi boshlig`i