Янгиликлар
Ishsizlik nafaqasi menga qancha vaqt va qancha miqdorda to‘lanadi?
Ishsizlik nafaqasi menga qancha vaqt va qancha miqdorda to‘lanadi?
Mehnat kodeksining 65-moddasiga ko‘ra, ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun murojaat qilishi shart.
Ishsizlik nafaqasining miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
Oybek Buriyev
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo`limi boshlig`i