Янгиликлар
Mening dadam jinoyat sudining hukmiga binoan 1,5 yil jazoni ijro etish muassasida jazoni ijro etdilar. Ammo ish beruvchi men bilan shu sababli mehnat shartnomasini imzolamoqchi emas. Ish beruvchining bu hatti-harakatlari qonunga qanchalik to‘g‘ri keladi?

Mehnat kodeksining 68-moddasiga binoan, ish beruvchi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalariga; o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga; nogironligi bo‘lgan shaxslarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga; odam savdosidan jabrlanganlarga ishga kirishda cheklovlar bo‘lishi mumkin emas.
Jahongir Zokirov
Yuqori Chirchiq tuman adliya
bo`limi yetakchi maslahatchisi