Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Maktabda 3 kishi qorovul bo‘lib ishlaymiz. Biz ishlab turgan ish o‘rinlariga qisqarish kelib, 2 kishi ishsiz qoldik. Maktab ma’muriyati tomonidan bizga faqatgina 2 oylik kompensatsiya puli berildi. Maktab ma’muriyatining mazkur hatti-harakatlari qonunchil


Maktabda 3 kishi qorovul bo‘lib ishlaymiz. Biz ishlab turgan ish o‘rinlariga qisqarish kelib, 2 kishi ishsiz qoldik. Maktab ma’muriyati tomonidan bizga faqatgina 2 oylik kompensatsiya puli berildi. Maktab ma’muriyatining mazkur hatti-harakatlari qonunchilikka to`g`ri keladimi?

Mehnat kodeksining 100-moddasiga ko`ra, korxonada (tashkilot) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi sababli yuz berganda, ish beruvchining tashabbusi bilan xodim bilan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi tugatilishi mumkin.

Bunda, xodim ish beruvchi tomonidan kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi yoki ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu Kodeksning 109-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda xodimga ishdan bo`shatish nafaqasi to`lanadi hamda ushbu nafaqaning miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.

 

Jahongir Zokirov

Yuqori Chirchiq tuman adliya

bo`limi yetakchi maslahatchisi