Янгиликлар
Ish beruvchi tomonidan ishga 10 daqiqaga kech qolganim uchun men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi. Ish beruvchi shunday huquqga egami?
Ish beruvchi tomonidan ishga 10 daqiqaga kech qolganim uchun men bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi. Ish beruvchi shunday huquqga egami?
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:
hayfsan;
o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari).
Oybek Buriyev
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo`limi boshlig`i