Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Turmush o`rtog`im qurilish firmasida o`z mehnat xazifasini bajarayotgan vaqtda vafot etdi. Erimning ishxonasidan qanday moddiy ko`mak olsam bo`ladi?


Turmush o`rtog`im qurilish firmasida o`z mehnat xazifasini bajarayotgan vaqtda vafot etdi. Erimning ishxonasidan qanday moddiy ko`mak olsam bo`ladi?

Mehnat kodeksining 194-moddasiga ko’ra, Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

Bunda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan, xodimning vafoti munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori esa, marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Jahongir Zokirov

Yuqori Chirchiq tuman adliya

bo`limi yetakchi maslahatchisi