Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

O‘zbekiston Respublikasi pasporti va ID-karta olish tartibi


O‘zbekiston Respublikasi pasporti va ID-karta olish tartibi.

         O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, ID-karta egasining shaxsiy biografik va biometrik ma’lumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.

         Chirchiq shahar Davlat xizmatlari markazi orqali ham ID-karta berish amalga oshirilmoqda

         ID-karta ma’lumotlarni Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarda berilmoqda.

·         yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);

·         bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga (ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra);

·         16 yoshdan — 10 yil muddatga.

Fuqaro  ID-karta  olish uchun Davlat xizmatlari markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

·         ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;

·         tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

·         vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);

·         davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitantsiya majburiy emas).

         ID-karta ma’lumotlarni Davlat xizmatlari markazi tomonidan hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida beriladi.

·         Agar fuqaro  qo‘l barmoq izlari olinishidan bosh tortsa yoxud ko‘zoynakda yoki bosh kiyimda suratga tushish istagidan qaytmasa, ma’lumotlarni yig‘ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni rad etadi.

·         ID-karta rasmiylashtirish va berish jarayonida unda texnik nuqsonlar aniqlansa, basharti ular ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ID-karta bepul almashtiriladi.




          16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ID-kartalari ularga ID-karta berish bo‘yicha murojaat qilgan ota-onalari yoki vasiylariga (homiylariga) beriladi.

·         Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida identifikatsiya ID-kartasini olish uchun murojaat qilish.

·         Identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti 2030-yil 31 dekabrgacha haqiqiydir.

Chirchiq shahar adliya bo‘limi

Davlat xizmati markazi boshlig‘i v.v.b                                 D.Raximova