Янгиликлар
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI!
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI!
Korrupsiya – saraton kasalligi oʻxshaydi, u bugungi kunda dunyodagi koʻplab muammolarimizning negizini tashkil etmoqda. U ish joylarini yoʻq qiladi va oʻsishni toʻxtatadi, har yili jahon iqtisodiyotiga milliard dollorlab zarar etkazadi. U nochor ahvoldigilarni qashshoqlik botqogʻiga tortmoqda. Bunga sabab esa, korrupsiya avj olgan mamalakatlardagi hukumat rahbarlari tomonidan davlat mablagʻlari yeb yuborilmoqda, mansabdor shaxslarning bu xatti-harakatlari mehnatkash odamlarga haqli ravishda tegishli boʻlgan iqtisodiy oʻsishning daromadlari va foydalarini olishlariga yoʻl qoʻymayapti.
Korrupsiyaning avj olishi davlatimizdagi ayrim bir amalparast hamda oʻz manfaatlari yoʻlida hech nimadan tab tortmaydigan rahbarlarimizdan boshlandi. Bunday jamiyatda toʻgʻri prinsiplarda asosida ishlaydigan odamlar tan olinmaydi va ahmoq deb hisoblanadi. Davlatdagi korrupsiya mutasaddilar, siyosatchilar va jinoyatchilar oʻrtasidagi aloqaning natijasidir.
Ilgarilari pora notoʻgʻri ishlarni qilish uchun berilar edi, endi pora toʻgʻri ishlarni oʻz vaqtida bajargani uchun berilardi. Bugungi kunga kelib, korrupsiya hurmatga sazovor narsaga aylandi, negaki unda hurmatli odamlar ishtirok etmoqda.
Hayotimizni bir film sifatida tasavvur qilib aytadigan boʻlsak, ushu film ssenariysida quyidagi syujetlarga koʻplab duch kelamiz: agar biror kishi davlat ishini xohlasa, u barcha muvofiqlik mezonlarini qondirishidan qatʻi nazar, yuqori mansabdor shaxslarga bu uchun albatta toʻlovni amalga oshirishi kerak boʻladi.
Har bir idorada tegishli xodimga pul berish yoki baʻzi bir manbalarning ishlarini bajarishini taʻminlashi kerak. Odamlarning sogʻligʻi va hayoti bilan oʻynab isteʻmolchilarni aldagan vijdonsiz ishchilar tomonidan oziq-ovqat va fuqarolik buyumlari boʻlimida mahsulotlarning buzilishi va ikki nusxada tortilishi mavjud. Mol-mulk soligʻini hisoblashda xodimlar Hukumat qoidalari va qoidalariga binoan uy toʻgʻri qurilgan boʻlsa ham pul undirishadi.
Odatda "davlat manfaatlarini koʻzlagan holda davlat xizmatlaridan foydalanishni suiisteʻmol qilish" deb taʻriflangan korrupsiya, avtoritar tuzumlarda yoki yosh demokratik davlatlarda barqaror demokratik davlatlarga nisbatan keng tarqalmoqda.
Korruptsiya shakllari turlicha boʻlib, ular pora olish, tovlamachilik, kronizm, nepotizm, hokimiyatparastlik, homiylik, savdo-sotiq, payvandlash, mulkni oʻgʻirlash, qaytarib olish, nopok ittifoq, uyushgan jinoyatchilikka aloqadorlik va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Afsuski bu roʻyxatni hali uzoq davom ettirish mumkin. Turli xil demokratik tizimlarda korrupsiyaning turlari ham xar hil boʻladi, shunga asosan uning turli shakllari va darajalariga duch kelishimiz mumkin.
Demokratik madaniyatga nisbatan tahdidlar haqida gap ketganda eng katta va asosiy omilni korrupsiya balosi tashkil qiladi. Korrupsiyani qabul qilish indekslari shuni koʻrsatadiki, aksariyat mamlakatlarning korrupsiyaviy faoliyatni nazorat qilmasliklari – butun dunyoda demokratiyaning inqiroziga sabab boʻlmoqda. Turli tadqiqotlar natijasiga koʻra, yuqori darajadagi korrupsiya demokratiyaga putur etkazadi yo uni barbot qiladi.
Korrupsiya – har qanday boshqaruv tizimida davlat tashkilotlari, qonun chiqaruvchi organlar va hatto boshqaruv partiyalariga siyosiy fraktsiya, kichik elita, oz sonli kompaniyalar yoki ishbilarmonlar egalik qilishda namoyon boʻladi Ushbu subʻektlar oʻzlarini boyitish uchun tizimli ravishda milliy davlat resurslaridan foydalanishadi.
Umuman olganda korrupsiya bu — jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat boʻlib, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Aytib oʻtish joizki, bu zararli illat kattami, kichikmi, badavlat yoki kambagʻal boʻlishiga qaramay, barcha mamlakatlarda ildiz otgan boʻlib, ushbu zararli illatni bartaraf etish boʻyicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, hanuzgacha u bartaraf etadigan chora topilgan emas.
Korrupsiya tarixiga nazar soladigan boʻlsak, uning oʻzaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada maʻlum mavqega ega boʻlish uchun qabila sardorlariga sovgʻalar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Oʻsha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan boʻlsada, biroq bugungi rivojlangan jamiyatda korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta toʻsiq ekanligini koʻrsatdi.
Ushbu oʻrinda yana bir maʻlumot: korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olingan. Bizgacha saqlanib qolgan manbalardan maʻlumki, qadimgi davlatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʻrligi davlatning obroʻsiga juda katta putur yetkazganligi sababli bu hodisa vatan fidoiylarini qattiq tashvishga solgan. Shu boisdan, dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʻrligi qattiq qoralanadi.
Gap din haqida ketar ekan xristianlarning muqaddas kitobi – Injilda mavzu doirasida quyidagi jumlalar: “Sovgʻalarni qabul qilma, chunki sovgʻa koʻrni koʻradigan qiladi va haqiqatni oʻzgartiradi” oʻrin olgan boʻlsa, Quʻroni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yoʻl bilan olmangiz va boshqalarga tegishli boʻlgan narsalarni olish uchun oʻz mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga tobora koʻproq taʻsir koʻrsata boshladi. Bu oʻsha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida oʻz aksini topgan boʻlib, jumladan 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin boʻlgan ikki jinoyatning biri sifatida koʻrsatib oʻtilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi oʻrnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib kelgan hisoblanadi.
Korrupsiyaga taraqqiyot kushandasi, zararli illat sifatida baho berar ekanmiz, ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarini tahlil qilib oʻtsak maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Demak, korrupsiyaga yoʻl ochuvchi birinchi omil bu – ikki xil maʻnoni anglatuvchi qonunlar, yaʻni tegishli vaziyatda huquqni qoʻllovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qoʻllash hisoblanadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, maʻmuriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Yaʻni, sanksiyaning aniq miqdori yoʻqligi sudyada uni oʻz hohishiga qarab qoʻllashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga oʻzining shaxsiy manfaati yoʻlida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli “qonunga xilof faoliyat bilan bogʻliq” degan mutlaqo axloqqa zid nuqtayi nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:
· aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
· davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin boʻlgan daromadlardan kamligi;
· iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
· inflyasiyaning yuqori darajasi;
· mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
· mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.
Yuqoridagi omillar bartaraf etish maqsadida jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari ishlab chiqilgan:
v ichki nazorat — bu usul boshqaruv apparatining oʻzida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish hisoblanadi. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
v tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidagi tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilgan boʻlib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Yaʻni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga koʻproq erkinlik berish va h.k shular jumlasidandir.
v saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali taʻsir oʻtkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim oʻrin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Yaʻni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past boʻlgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish sharafli burchimiz ekanligini hamma birdek tushunmogʻi shart. Aks holda, oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxoʻrlik va tamagirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrar! Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosogʻlom yashashida namoyon boʻladi. Shu oʻrinda alohida taʻkidlab oʻtish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: choʻqqining oʻtkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.
Zangiota tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻI B.Tolibov