Янгиликлар
“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 30.10.2020 yildagi PF ga ko’ra 2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida:

Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilgan.
Birinchi rahbarlar “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartligi belgilab qo’yilgan.
Zangiota tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Ismoil Qo’chqorov.