Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARINI QUROLLANTIRISh VA MUDOFAA SANOATI SOHASIDA DAVLAT BOShQARUVINI TAKOMILLAShTIRISh BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARINI QUROLLANTIRISh VA MUDOFAA SANOATI SOHASIDA DAVLAT BOShQARUVINI TAKOMILLAShTIRISh BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

31.01.2023 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-16 son farmoniga ko`ra Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi tashkil etiladi.

mudofaa sanoati sohasida texnologik mustaqillikni ta'minlash, muhim ahamiyatga ega harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar hamda zamonaviy texnologiyalar asosida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish;

maxsus organlarni mudofaa sanoati korxonalarida ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar hamda boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta'minlashni tashkil etish;

xorijiy hamkorlar bilan harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish, sohaga chet el investisiyalarini jalb qilish, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalarining harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlari (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish (sotish)ni tashkil qilish;

harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar, yangi materiallar, butlovchi buyumlar va xom ashyolarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va olib borish;

harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish, ta'mirlash, modernizasiya qilish, unifikasiyalash, moslashtirish, yo‘q qilish (utilizasiya qilish), qayta ishlash, shuningdek, ularni import va eksport qilishda xalqaro tajribani inobatga olgan holda yagona texnik siyosatni amalga oshirish, standartlar va mahsulot sifati talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

mudofaa sanoati korxonalari uchun ilmiy kadrlar, muhandislar, loyihachilar va konstruktorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish vazifalaridir.

 

Zangiota tuman adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                                                    Shaxruz Samiyev