Янгиликлар
Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar bilan nikohni qayd etishning oʻzigsha xos xususiyatlari
Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslar bilan nikohni qayd etishning oʻzigsha xos xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrgdagi 387 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalari ni qayd etish qoidalari”ga koʻra jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDYO organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs, nikohga kirish haqidagi maxsus blankadagi arizaning oʻziga taalluqli qismini toʻldirib doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar FHDYO organiga topshiradi. FHDYO organi arizada keltirilgan maʼlumotlarni ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan solishtiradi, arizada qayd etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini va arizachining imzosini tasdiqlaydi va unga arizani qaytaradi. Shundan soʻng mahkum bilan nikohga kirishni xohlovchi shaxs bu arizani mahkumga berishi uchun jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga topshiradi.
Mahkum bilan nikohga kirish haqidagi arizani olgandan keyin, jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati uni tegishli joyini toʻldirish uchun mahkumga taqdim etadi. Jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati toʻldirilgan arizadagi maʼlumotlarni mahkumning shaxsiy yigʻmajildidagi maʼlumotlar (mahkumning shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan taqdirda ham) bilan solishtiradi, ularning haqiqiyligini va imzosini tasdiqlaydi va arizani jazoni ijro etish muassasasi joylashgan mazkur hududdagi FHDYO organiga yuboradi.
Bunda ariza FHDYO organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin shu kunning oʻzida nikohga kiruvchi mahkumning tibbiy tekshiruvdan oʻtishi uchun yoʻllanma va nikohni qayd etish vaqtini belgilash toʻgʻrisidagi xabarnoma jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga yuboriladi.
Agar mahkumning shaxsiy yigʻmajildida uning oilaviy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻliq boʻlmasa, kam yoki noaniq boʻlsa, u holda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu maʼlumotlarni tegishli tashkilotlar va muassasalar orqali ularni talab qilib olish yoki aniqlash choralarini koʻradi.
Jazoni oʻtash muassasalari maʼmuriyati mahkumni nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan belgilangan tartibda oʻtkazadi.
Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDYO organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati tomonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi.
Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDYO organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Mahkumning shaxsiy yigʻmajildidagi anketasiga FHDYO organi tomonidan shtamp bosiladi, er yoki xotinning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, FHDYO organining nomi hamda nikoh tuzilgan sana va dalolatnoma yozuvi raqami yozib qoʻyiladi.
Sudgacha qamoqda ushlab turilgan shaxslar bilan nikohni qayd etish tergov ishini olib borayotgan mansabdor shaxs yoki organ ruxsati bilan shu hududdagi FHDYO organi tomonidan, vaqtincha saqlash hibsxonasida (tergov hibsxonasida, gauptvaxtada) amalga oshiriladi. Ushbu holatda nikohga kirish haqidagi arizaga va nikoh qayd etilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga qayd etishga ruxsat bergan organning mansabdor shaxsi imzosi qoʻyiladi.
Zangiota tumani adliya boʻlimi
FHDYO boʻlimi mudirasi D.Alimova