Янгиликлар
Oʻlimni qayd etish
Oʻlimni qayd etish
Oʻzbekiston Respuqblikasi Oila kodeksining 223-225 moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrgdagi 387 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalari ni qayd etish qoidalari”ga mkuvofiq oʻimni qayd etish marhumning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻlimni qayd etish toʻgʻrisidagi ariza oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma berilgandan keyin 3 kundan kechikmay berilishi kerak (oʻlimni kompozit davlat xizmati sifatida qayd etish bundan mustasno).
Oʻlimni qayd ettirish toʻgʻrisida marhumning qarindoshlari va yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa maʼmuriyati murojaat etishlari mumkin, ular oʻlim toʻgʻrisida tibbiy maʼlumotnoma taqdim etadilar.
Agar voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDYO organida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmagan boʻlsa, vafot etgan shaxsga tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilib, bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlumotnoma beriladi, shundan soʻng vafot etgan shaxsga nisbatan belgilangan tartibda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.
Oʻlimni qayd etishda taqdim etilgan tibbiy maʼlumotnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori dalolatnoma yozuviga qistirib qoʻyiladi (oʻlimni kompozit davlat xizmati sifatida qayd etish bundan mustasno).
Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻlimini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Chet elda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻlimini qayd etish marhum yashab turgan yoki oʻlim sodir boʻlgan joydagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar oʻlimni qayd etish marhumning yashash joyidan boshqa okrugda amalga oshirilsa, u holda oʻlimni qayd etgan konsullik muassasasi marhum hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻlgan sanasi, shuningdek oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va oʻlim qayd etilgan joy va sana koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.
Agar oʻlimni qayd etishda marhumning homiysiz qolgan voyaga yetmagan bolalari borligi maʼlum boʻlsa, u holda konsul shu kunning oʻzidayoq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.
Sudning fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori asosida va oʻlimi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning oʻlimini qayd etish FHDYO organi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Oʻlimni qayd etishda 16 yoshgacha vafot etganlarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi taqdim qilinadi.
Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayta tiklash tuman va shahar sudlarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Agar sud qarorida marhumning oʻlgan sanasi koʻrsatilmagan boʻlsa, u holda sud qarori kuchga kirgan sana marhumning oʻlgan kuni hisoblanadi.
Shaxsi aniqlanmaganlarning oʻlimini qayd etish sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy muassasasining oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomasiga asosan shu muassasa joylashgan hududdagi FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.
Zangiota tuman adliya boʻlimi
FHDYO boʻlimi
1-toifali inspektori
G.Atadjanova