Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

1. Qurilishga ruxsatnoma olish uchun ariza berganimda qanday talablari va shartlari bor?


1.     Qurilishga ruxsatnoma olish uchun ariza berganimda qanday talablari va shartlari bor?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʻmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 2-bob 10-bandiga asosan:

1.     turar joyni noturar joyga oʻtkazishda:

2.     turar joy avariya holatida emasligi;

3.     turar joyni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq yoʻqligi yoki ushbu turar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi;

4.     noturar joyga oʻtkazilayotgan turar joy birinchi qavatda joylashganligi (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno);

5.     qonunchilik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga taʼsir koʻrsatuvchi oʻzgartirishlar kiritmaslik;

6.     obyektda evakuatsiya chiqishlarining soni va joylashishining oʻzgarmasligi;

7.     turar joy aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga kirmasligi;

8.     alohida kirish joyini yaratish imkoni mavjud boʻlishi;

2.   Qurilish-montaj ishlari tugallangan obʻektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishni koʻrib chiqish muddati?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʻmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 9 ish kuni mobaynida.

 

 

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi yetakchi mutaxassis Xoliyorov Yoʻldosh Xudoyberdi oʻgʻli