Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Savol : Xususiy Notariuslik bilan shug’ullanmoqchiman buning uchun nimadan boshlashim kerak va qanday hujjatlar talab qilinadi ?


Savol : Xususiy Notariuslik bilan shug’ullanmoqchiman buning uchun nimadan boshlashim kerak va qanday hujjatlar talab qilinadi ?

 

Javob: Hukumatning 369-son qaroriga muvofiq Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:

·        Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;

·        Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma

·        Davlat xizmatini koʻrsatish uchun 150 000 so'm (BHMning 50 %) miqdorida yigʻim undiriladi

·        Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya berganlik uchun 300 000 so'm (BHMning 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi

 

Ma’lumot !

YIDXP orqali murojaat etilganda toʻlovlarning 90 foizi undiriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi Xisoblash texnikasi operatori

Jo’lbayev Farruh Erkin o’g’li