Янгиликлар
Savol : Uyimni kadastir passportini yo’qotib qo’ydim bunday holatda nima qilishim kerak ?
Savol : Uyimni kadastir passportini yo’qotib qo’ydim bunday holatda nima qilishim kerak ?
Javob: Hukumatning 2020- yil 2- sentyabrdagi “Kadastir sohasida ayrim davlat hizmatlarini ko’rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 535- sonli qaroriga asosan ariza beruvchi Yagon interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) so’rovnoma to’ldiradi yoki davlat xizmatlari markaziga o’zi kelib ariza beradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotgan fuqarolar Notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan murojaat qiladi.
Bunda so’rovnomaga Ko’chmas mulk ob’ektiga bo’lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni albatta ilova qilingan holda to’ldiriladi. Ariza 2 ish kuni mobaynida ko’rib chiqiladi va ularga yangi namunadagi kadastr passporti beriladi.
Eslatma !
Yo’qolgan kadastr pasporti tiklash uchun davlat boji undirilmaydi.
Zangiota tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi Telefon xizmat ko’rsatish hamda servis sho’basi aloqa operatori Toshpulatov Samandar Ravshan o’g’li.