Янгиликлар
Koʻp qavatli uylarda issiq suvni xisobga olish uskunalari buzilganda yoki yaroqsiz holga kelganda uni tuzatish va yangisiga almashtirish xarajatlari kimning hisobidan amalga oshiriladi?
Koʻp qavatli uylarda issiq suvni xisobga olish uskunalari buzilganda yoki yaroqsiz holga kelganda uni tuzatish va yangisiga almashtirish xarajatlari kimning hisobidan amalga oshiriladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning MAʼMURIY REGLAMENTIning 15-bandida jismoniy shaxslarning hisobga olish uskunalarini zaruratga koʻra taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari taʼminotchi korxona mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilangan.
Toshkent tuman YUXKM bosh yuriskonsulti S.A.Raxmatov