Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Men qisqarishga tushib bo’shadim. Lekin ta’tilimdan asl holicha foydalanmay, kompensatsiya oldim. Yangi ishimdan ta’til olsam bo’ladimi 6 oy o’tmasa ham?


Men qisqarishga tushib bo’shadim. Lekin ta’tilimdan asl holicha foydalanmay, kompensatsiya oldim. Yangi ishimdan ta’til olsam bo’ladimi 6 oy o’tmasa ham?

 

Mehnat kodeksining 143-moddasiga ko’ra, yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun 6 oy ishlangandan keyin beriladi. Lekin 143-moddaning 3-qismidagi xodimlarga ta’til ularning xohishi bo‘yicha 6 oy o‘tmasdan oldin beriladi.

Ana shu toifa xodimlar ichida texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlar (100-modda ikkinchi qismining 1-bandi) ham keltirilgan. Ya’ni sodda qilib aytganda qisqarishga tushib ishdan bo’shagan xodim yangi ishga kirsa xohishi bo‘yicha 6 oy o‘tmasdan oldin ta’til olishi mumkin.

            Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Shuning uchun bu holatda siz ish beruvchiga mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishingiz kerak bo’ladi.

Yangi mehnat kodeksida bu talab bormi deguvchilarga? 30-apreldan kuchga kiradigan Yangi Mehnat kodeksining 227-moddasida esa bu qoida aks etmagan.

Ya’ni qisqarishga tushib ishdan bo’shagan xodim yangi ishga kirgach 6 oy o‘tguniga qadar xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili berilmaydi. Lekin ish beruvchi va xodim o’rtasidagi kelishuvga ko‘ra xodimga 6 oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkin.

 

            Toshkent tumani

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti F.U.Matkarimov