Янгиликлар
Oylikdan obunaga ushlash to’g’rimi
Oylikdan obunaga ushlash to’g’rimi
So‘nggi yillarda ancha barham topgan majburiy obunaning bugungi kunda yana
“bo‘y cho‘zayotgani” achinarli holat. Mehnat kodeksining 164-moddasiga asosan, umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.
Xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolishga 164-moddaning
2-qismida nazarda tutilgan holatlardagina masalan, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirishda yo‘l qo‘yiladi.
Gazetaga obuna bo‘lish xodimning ixtiyori bo‘lib, mehnat haqidan uning roziligisiz ushlab qolish, ish beruvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga asosan 3 milliongacha jarimaga sabab bo‘ladi.
Majburiy obuna holatlari ko‘proq kuzatiladigan sohalardan biri xalq ta’limi ekanligini e’tiborga olib Prezident qarorini eslatib o‘tmoqchimiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.08.2018 yildagi PQ – 3907-sonli “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 16-bandiga asosan xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlangan
Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi).
Toshkent tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti F.U.Matkarimov