Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-son Farmoni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5168-son qarori bilan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman va shahar boʻlinmalaridagi yuridik xizmatlar qisqartirilib, ularning oʻrniga adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari 01.10.2021-yildan tashkil etildi.
Markazlar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
1.yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
2.davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish;
3.davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
4.davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;
5.davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-89-son Farmoniga muvofiq Markazlar tuman (shahar) adliya boʻlimlari tuzilmasi va boʻysunuviga oʻtkazildi.
2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʻlinmalariga yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi:
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlari
|
|
|
|
1. |
Moliya boʻlimi |
|
2. |
Xalq taʼlimi boʻlimi |
|
3. |
Maktabgacha taʼlim boʻlimi |
|
4. |
Madaniyat boʻlimi |
|
5. |
Tibbiyot birlashmasi |
|
6. |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi |
|
7. |
Davlat oʻrmon xoʻjaligi |
|
8. |
Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi |
|
9. |
Obodonlashtirish boshqarmasi |
|
10. |
Irrigatsiya boʻlimi |
|
11. |
Qurilish boʻlimi |
|
12. |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi |
|
13. |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi |
|
14. |
Oila va xotin-qizlar boʻlimi |
|
15. |
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi |
|
16. |
Davlat soliq inspeksiyasi |
|
17. |
Qishloq xoʻjaligi boʻlimi |
|
18. |
Turizm va madaniy meros boʻlimi |
|
19. |
Sportni rivojlantirish boʻlimi |
|
20. |
Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi |
|
Davlat tashkilotlarining nomi |
|
|
1. |
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari |
|
2. |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari |
|
3. |
Koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar |
|
|
|
Toshkent tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
Shodiyev Qurʼonnazar Aminovich
07.02.2023-yil