Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–21-son, 10.02.2023-y.) qabul qilindi


“Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–21-son, 10.02.2023-y.) qabul qilindi

 

???? Farmonga koʻra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:

 

????kichik tadbirkorlik subyektlari:

 

▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;

▫️mikrofirmalar – taʼsischilari jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

▫️kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

 

???? oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

 

???? yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlar.

 

???? 2023-yil 1-apreldan:

 

????1 yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln soʻmgacha) qismi qoplab beriladi;

 

????daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi;

 

???? davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;

 

???? yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

 

???? 2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

 

➖avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

 

➖paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.

 

☑️ Shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.


 


 

“Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 10.02.2023-y.) qabul qilindi

 

???? Qarorga koʻra, 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha:

 

????tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qoʻyilgan meʼyor 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi;

 

????yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va boʻyoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 9 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi qoplab beriladi.

 

???? 2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha tegishli mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

 

➡️ Shuningdek, Prezident qarorida (https://lex.uz/docs/5466667#5468598) nazarda tutilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilishi 2024-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.


 


 

“Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi Prezident qarori (PQ–46-son, 07.02.2023-y.) qabul qilindi

 

????Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturi hamda uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

 

✅ Qarorga koʻra, 2023/2024 oʻquv yilidan professional va oliy taʼlim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv va maxsus kurslar joriy etiladi.

 

???? 2023-yil 1-iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy taʼlim tashkilotlarining aniq roʻyxati shakllantiriladi.

 

???? 2023-yil 1-iyundan boshlab har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi taʼlim va innovatsiyalar” milliy tanlovi oʻtkazib boriladi.

 

☑️ Shuningdek, 2023-yil 1-martdan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.

 

❕2023-yil 1-maydan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik boʻyicha oʻquv kurslari (soatlari) joriy qilinadi.

 

????Qarorga koʻra shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yoʻnalishi tashkil etiladi.

 

⚖️ 2023-yildan Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlarda ayollar, bola va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishi taʼminlanadi.


 


 

 

Toshkent tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti

Shodiyev Qurʼonnazar Aminovich