Янгиликлар
“2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
“2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
✅ Loyihada, jumladan, quyidagilar belgilanmoqda:
????davlat organlari va tashkilotlarining aholi va tadbirkorlarga koʻrsatiladigan servis xizmati sifatini oshirish borasidagi faoliyatini reyting baholash tizimini joriy etish;
????davlat organlari va tashkilotlari tomonidan anʼanaviy tarzda koʻrsatiladigan qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini DXM hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatish;
????aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali, koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatish;
????elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) koʻrsatish.
????Loyihada shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi nazarda tutilgan.
Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023-y.) qabul qilindi
✅ Qarorga koʻra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
➡️ Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha toʻxtatiladi.
???? Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qoʻllanilmaydi.
☑️ Shuningdek, tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin.
❕Tadbirkorlar tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar, shu jumladan dastlabki toʻlov toʻlanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha toʻxtatib turiladi.
???? 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlarga jarima va penyalar qoʻllanilmaydi.
⏩ Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-aprelgacha davlat foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi toʻxtatiladi.
???? Qarorga koʻra, tadbirkorlarga havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni taʼmirlash uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (50-son, 02.02.2023-y.) bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
???? Nizomga koʻra, qishlok xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, oʻrmon va suv fondi yerlari hamda togʻ-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish obyekti hisoblanadi.
???? Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid maʼlumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.
???? Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga koʻra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:
▫️erning tuzilishi buzilmagan;
▫️antropogen taʼsirda buzilgan;
▫️degradatsiyaga uchramagan;
▫️kuchsiz degradatsiyalangan;
▫️oʻrta degradatsiyalangan;
▫️kuchli degradatsiyalangan;
▫️oʻta kuchli degradatsiyalangan.
???? Monitoring natijalariga koʻra oʻrganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma loyihasi ishlab chiqiladi.
???? Majburiy koʻrsatma 3 ish kunida tegishli masʼul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.
Mayda bezorilik qilgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin
???? Quyida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:
(https://lex.uz/docs/97664#5670116)▫️tuhmat;
▫️haqorat qilish;
▫️fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;
▫️fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etish;
▫️shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;
▫️engil tan jarohati yetkazish;
▫️mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish;
▫️ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yoʻq qilib yuborish, koʻchatlarga shikast yetkazish;
▫️transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;
▫️haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi;
▫️mayda bezorilik;
▫️oʻzboshimchalik.
⚠️ Ammo yuqoridagi huquqbuzarliklarni 1 yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Toshkent tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
Shodiyev Qurʼonnazar Aminovich