Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash


Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash

 

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvarda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarori qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra 2023-yil 1-fevraldan boshlab dasturlar doirasida quyidagilar belgilandi:

         kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo‘yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;

         agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi;

         tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida o‘ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;

         dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;

         imtiyozli kreditlardan foydalanib, daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida tasniflanadi;

         hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib beriladi;

         ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

         Mazkur qarorga asosan Markaziy bank, vakolatli banklar Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyundan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiya qilishni yo‘lga qo‘yiladi.

 

Toshkent tuman yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Z.T.Abdurashidova