Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti


“Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti

 

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PQ–263-son qaroriga asosan 2023-yil 1-fevraldan boshlab  advokatlar tomonidan ishni olib borishda qog‘oz shakldagi order maqomiga teng bo‘lgan maxsus QR-kod qo‘yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

         Advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali (e-advokat.uz) o‘zining shaxsiy kabinetiga kirib, elektron shakldagi orderni rasmiylashtirishi mumkin. Bunda, orderni rasmiylashtirish advokatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

         Endilikda elektron orderni olish uchun advokatlik tuzilmasi rahbariga alohida murojaat qilish talab etilmaydi. 

         Advokatlar tomonidan “Elektron advokatlik orderi”ni rasmiylashtirishda advokatlarga quyidagi qulayliklar yaratildi:

         - orderni istalgan joyda va istalgan vaqtda elektron shaklda rasmiylashtirish;

         - advokatlar tomonidan muayyan ishga qatnashish uchun elektron orderlarni masofadan turib rasmiylashtirish hamda davlat organlari, tashkilotlariga va sudlarga taqdim etish;

         - advokat so‘rovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni ko‘rib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini elektron orderdagi QR-kodni skanerlash orqali aniqlash.

         Advokatlar tomonidan “Elektron advokatlik orderi”ni rasmiylashtirilishi advokatlik faoliyatini tezkor va qog‘ozbozliklarsiz amalga oshirishga yordam beradi.

         Advokat tomonidan order muqobillik asosida qog‘oz shaklda ham rasmiylashtirilishi mumkin.

         2023-yil 1-apreldan boshlab, qog‘oz shakldagi order rasmiylashtirilgan sanadan eʼtiboran o‘n kun ichida “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritilishi majburiy hisoblanadi.

         Bunda, 2023-yil 1-fevraldan 2023-yil 1-aprelgacha qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan orderlar 2023-yil 10-aprel sanasiga qadar “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi.

         Adliya organlari tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan barcha advokatlarni “Elektron advokatlik orderi”ni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha o‘qitilishi hamda elektron raqamli imzo olishda amaliy yordam berilishi maʼlum qilinadi.

Toshkent tuman yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Z.T.Abdurashidova