Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida


Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvarda PF-14-son Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar hamda ular hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining Davlat budjeti hamda budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni  tasdiqlanganligi, Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinishi, Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlanishi belgilangan. Shuningdek, yangi tashkil qilingan va qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralar faoliyati tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralarning tegishli huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi, 2023-yil 1-yanvardan boshlab qayta tashkil etilgan va faoliyati tugatilgan davlat organlarining ish yurituvida bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlar va arizalar tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etilgan hamda tugatilayotgan tashkilotning tegishli funksiyalari o‘tkazilgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishi, davlat unitar korxonalarida xodimlar soni, ularning mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari hamda xizmat avtotransport vositalarining cheklangan soni va turlarini tasdiqlashda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan majburiy ravishda kelishilishi ko’rsatilgan.

Toshkent tuman yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Z.T.Abdurashidova