Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

 

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23-yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-son qarori qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi. Palata a’zolarining manfaatlarini ko’zlab Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha sud qarorlarini qayta ko’rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin. 2023-yil 01-fevraldan mikro, kichik va o’rta tadbirkorlik subyektlari palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda tekin qabul qilinadi. Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, da’volar hamda appelyatsiya, kassatsiya shikoyatlari bo’yicha davlat boji to’lovlaridan ozod etiladi. Qarorga ko’ra, palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosidakamida 20 nafar ilg’or tadbirkorlardan iborat tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi.

Toshkent tuman yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Z.T.Abdurashidova