Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qisqarishga tushgan xodimga ta’til berib keyin shartnomani bekor qilsak bo’ladimi (отпуск с последующим увольнением)?


Qisqarishga tushgan xodimga ta’til berib keyin shartnomani bekor qilsak bo’ladimi
(отпуск с последующим увольнением)?

✅ Bo’ladi. Buni quyidagicha asoslaymiz.

⚠️ Diqqat! Agar qisqarishga tushgan xodimning ta’tillar jadvaliga ko’ra ta’til muddati kelayotgan bo’lsa, u holda ish beruvchi Mehnat kodeksining 144-moddasiga ko’ra ta’til berish vaqti haqida xodimni ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilib ta’tilga chiqarishi kerak. Yoki MK 151-moddasi 2-qismiga ko’ra, xodimning xohishiga ko’ra 15 ish kuni ta’til berib qolganiga pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

✅ Ta’til berib keyin shartnomani bekor qilish (отпуск с последующим увольнением) ta’tildan foydalanishning ta'tillar jadvalida belgilangan vaqti kelmagan holatlarga nisbatan tatbiq qilinadi. MK 144-moddasi 5-qismiga ko’ra, ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.

✅ MK 152-moddasiga ko’ra, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

❌ Lekin ayrimlar mana shu normani noto’g’ri talqin qilishmoqda. Ya’ni qachonki mehnat shartnoma 97.1 bilan taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinsagina ta'til olinishi mumkin deb xato fikr bildirishyapti.

❗️To’g’ri yuqoridagi jumla sal tushunarsizroqdek yozilgan bo’lishi mumkin lekin jumladan ma’no aslida quyidagicha: jamoa shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Ya’ni bu yerda mehnat shartnomasini 97.1 bilan bekor qilish haqida emas, balki ta’tillarni taraflarning kelishuviga ko‘ra berish haqida gap ketmoqda. Gapimizning yana bir isboti sifatida, 152-modda 4-qismini keltiramiz. Ya’ni mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari tufayli bekor qilinganda yillik asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilidan asli holida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✅Ko’rdingizmi mehnat shartnomasi 100-modda 2-qismining 3 va 4-bandlari bekor qilinganda ta’tilni asl holicha foydalish mumkin emas. Boshqa asoslar 87, 89, 97, 100 (2-qism 1,2,5,6,7-bandlari), 105, 106-moddalar bilan bekor qilinganda cheklov yo’q.

✅ Demak, qisqarishga tushgan xodimga xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko’ra yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin ekan.

 

 

Toshkent tumani

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti F.U.Matkarimov.